Foto: Donanimhaber
Android Headlines nashri o‘z manbalariga tayanib, Android operatsion tizimining navbatdagi versiyasi qachon taqdim etilishini ma’lum qildi.
Insayderlarga ko‘ra, Android 16 operatsion tizimi 2025 yil 3 iyun kuni chiqariladi. Shu kuni Google kompaniyasi o‘zining Pixel smartfonlarida yangi tizimni namoyish etadi. «Bu odatdagidan 2-3 oyga erta», — deya izoh bermoqda mutaxassislar.
Nashr xabarida qayd etilishicha, operatsion tizimning yangi versiyasini oldinroq taqdim etilishi iyul, avgust va sentyabrda chiqariladigan qurilmalar Android 16 ning barqaror versiyasiga ega bo‘lishlari kerakligini anglatadi. Operatsion tizimning turli xatoliklarini bartaraf etishga qaratilgan ikkinchi yangilanishi esa yil oxirlariga borib taqdim etiladi.
Jurnalistlarnin ta’kidlashicha, Google operatsion tizimi endi Apple'ning har sentyabrda yangilanadigan iOS'idan ko‘ra ertaroq chiqadi. Bundan tashqari, yangi Pixel smartfonlari Android'ning oxirgi versiyasi o‘rnatilgan holatda sotuvga chiqariladi.
Bir necha kun avval Google korporatsiyasi Android 16 ni an’anaviy ravishda yil oxirida emas, balki 2025 yil o‘rtalarida taqdim etishini ma’lum qilgandi. Kompaniyadagilarning tushuntirishicha, operatsion tizimning erta yangilanishi «ekotizimdagi qurilmalarning ishga tushirilish jadvaliga yaxshiroq mos keladi». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi
Xitoyda kriptovalyutada pora olgan amaldor kommunistik partiyadan o‘chirildi
Ta’sirchanlik, bezovtalik, horg‘inlik... nevrologik kasallik alomatimi?