Google o‘z foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari himoyasini kuchaytirishni davom ettirmoqda. Kompaniya hozirda Shielded Email nomli funksiya ustida ish olib boryapti, u o‘ziga xos bir martalik email-manzillar yaratish imkonini beradi. Ulardan turli sayt va ilovalarda ro‘yxatdan o‘tishda asosiy pochta qutisini ko‘rsatmay turib, foydalanish mumkin bo‘ladi.
Yangi funksiyaning ishlash mexanizmi sodda. Shielded Email'ni ishlatish davomida aniq biror sayt yoki ilova uchun noyob manzil yaratiladi. Undan yuborilgan barcha maktublar avtomatik ravishda asosiy pochta qutisiga jo‘natiladi. Agar manzil nomaqbul xat-xabarlarni qabul qila boshlasa, foydalanuvchi istalgan vaqtda bunday sinxronizatsiyani amalga oshirishi mumkin.
«Bunday yondashuv nafaqat spamlarga qarshi kurashishga, balki onlayn-faollikni kuzatish xatarini kamaytirishga ham yordam beradi. Shielded Email ma’lumotlar sizib ketish ehtimolini kamaytiradi», — deyiladi xabarda.
Apple kompaniyasi o‘z qurilmalarida bunday funksiyadan anchadan beri foydalanib keladi — iCloud'da Hide My Email servisi. Hozircha Shielded Email bepul funksiya bo‘ladimi yoki faqat Google One obunachilariga taqdim etiladimi noma’lum. Shuningdek, yaratiladigan manzillar soni cheklanish yoki cheklanmasligiga ham oydinlik kiritilmagan.
Mutaxassislarning taxminicha, Shielded Email Android'ning yaqin vaqtlardagi yangilanishida taqdim etiladigan asosiy funksiyaga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi