18:21 / 09.10.2016
6 313

LG shaffof ekranli bukiladigan planshetni patentladi

LG shaffof ekranli bukiladigan planshetni patentladi

Mana bir necha yildirki Janubiy Koreyaning yirik texnologiya kompaniyalari Samsung va LG bukiladigan displeyli qurilmalarni yaratishi haqida bong urmoqda. LG ushbu yo‘nalishdagi harakatlarining ilk natijasi sifatida 2013 yilda qayrilma ekranli G Flex smartfonini ham namoyish qilgan edi. Albatta, ushbu model aynan bukiladigan ekranli qurilma emas edi, biroq u ishlab chiqaruvchining mazkur sohadagi maqsadini aniq ifodalashga xizmat qildi.

Yaqinda LG kompaniyasining ikki tomonga bukiladigan planshet prototipini patentlagani to‘g‘risida internet tarmog‘idagi nashrlarda bir qancha xabarlar tarqaldi. Patentning texnik xususiyatlari aks etgan suratda ikki bukiladigan qurilmani ko‘rish mumkin. Uning bir tarafida musiqa ijrosini boshqarish elementlari aks etgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘sh tomonida biror kontentni ko‘rsatadigan displey ko‘zda tutilgan. Displeyning bir qismi shaffof bo‘lib, ikkala tarafi sensorli panel bilan qoplanadi.

LG G Flex anonsidan so‘ng Janubiy Koreya kompaniyasi 2017 yilga borib bukiladigan ekranli qurilmalarni sotuvga chiqarishi haqida turli xabarlar yozilgan edi. Aftidan, bundan 3 yil oldin yoritilgan xabarlarda aytilgan prognozlar keyingi yilda amalga oshadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG shaffof ekranli bukiladigan planshetni patentladi