
Bundan bir necha kun oldin Xitoyning Ulefone kompaniyasi barmoq izi skaneri va yirik sig‘imli batareyaga ega arzon Ulefone Tiger modelini taqdim etdi. Model 4200 mA/st sig‘imidagi akkumulyatordan quvvatlanadi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar bergan.
Garchi model bor-yo‘g‘i 109 dollar atrofida sotuvga chiqarilgan bo‘lsa-da, u to‘liq metall korpus bilan qoplangan, barmoq izi skaneri va 8 MPli kameraga ega. Kamera Sony IMX219 sensori yordamida ishlaydi, avtofokus hamda svetodiodli chaqnoq bilan ta’minlangan. Ulefone Tiger gadjetiga Samsung S5KE2 sensoriga ega bo‘lgan 5 MPli old kamera o‘rnatilgan, u 4G LTE, WiFi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.0 va GPS modullarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Modelga 4-yadroli MediaTek MT6737 prosessori, GB tezkor va 16 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, doimiy xotira sig‘imini 128 GBgacha bo‘lgan microSD-karta bilan kengaytirish imkoniyati mavjud. Qurilma Android 6.0 Marshmallow versiyasidagi dasturda ishlaydi.
Ulefone Tiger kulrang, tillarang va qora rangli variasiyalarda sotuvga chiqariladi. Narxi – 109 dollar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar