Odatda, Janubiy Koreya texnologiya gigantining yangi flagmanlari oyning ilk sanalarida taqdim etilardi. Biroq so‘nggi paytda internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung’ning navbatdagi flagmani — Galaxy S8 namoyishi 2017 yilning 26 fevralida o‘tkazilishi mumkin. Bu borada Riccolo resursining Tvitterdagi sahifasida xabar berilgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu resurs kompaniyaning boshqa smartfonlari tegishli taqdimot sanalarini avval ham to‘g‘ri “bashorat” qilgan, deyiladi "Terabayt.uz" sayti xabarida.
Taxminlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S8 to‘rt tomondan qayrilgan ekran, qo‘sh kamera (kompaniya smartfonlari ichida birinchi bo‘lib) va virtual Home tugmasiga ega bo‘lishi mumkin.
Taqdimot tizeridagi ko‘zning qorachig‘ida sakkiz raqamini ko‘rish mumkin. Unga katta ehtimol bilan Galaxy Note 7 kabi ko‘z yoy pardasi skaneri tatbiq etiladi. Shu bilan birga, yangi flagman Mali-G71 grafik adapteri sozlangan Exynos 8895 prosessorida ishlashi haqida turli xabarlar tarqalgan.
Janubiy Koreyalik gigant Galaxy Note 7 bilan sodir bo‘lgan nosozlik va omadsizlik tufayli yangi flagmanni kamchiliklardan xoli qilib ishlab chiqarishi lozim. Aks holda uning iste’molchilar ishonchini yo‘qotishi kunday ravshan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi