19:38 / 23.11.2024
0

Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi

Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi
Foto: Kazuhito Suwa
1970 yilgi Yaponiya Butunjahon ko‘rgazmasida kiyim emas, odamlarni “yuvadigan” g‘ayrioddiy kir yuvish mashinasini namoyish etilgan, biroq o‘sha paytda bu g‘oya tijoriy muvaffaqiyatga erishmagandi. Science Co. kompaniyasi esa Mirai Ningen Sentakuki — insonlarga mo‘ljallangan kelajak kir yuvish mashinasini taqdim etdi. Uning ko‘rinishi reaktiv qiruvchini eslatadi.

Kompaniya raisi Yasuaki Aoyamaning aytishicha, qurilma tomi shaffof kabinadan iborat, markazda o‘rindiq joylashtirilgan. Unga odam o‘tirganda, kabina ichidagi bo‘shliq issiq suv bilan to‘ladi.

Foto: Lifehacker.ru
Maxsus datchiklar maksimal qulay haroratni sozlash uchun foydalanuvchining pulsi va boshqa biologik ma’lumotlarini o‘lchaydi. O‘rnatilgan sun’iy idrok tizimi esa odamning hissiy holatini nazorat qilib, uni tinchlantiruvchi maxsus tasvirlarni ekranda namoyish qiladi.

Bir kishini yuvintirib, quritish uchun 15 daqiqa ketadi. Mashina 2025 yil bahorida Osaka shahrida o‘tkaziladigan Butunjahon ko‘rgazmasida ommaga namoyish etiladi. Ko‘rgazma davomida ko‘ngillilar uni sinab ko‘rishi mumkin.

E’tiborlisi shundaki, Science Co direktori Yasuaki Aoyama bolaligida 1970 yilgi ko‘rgazmada taqdim etilgan kir mashinasining ilk namunasini ko‘rgan. O‘sha paytda bu g‘oya uni juda hayratga solgan, chunki ko‘pchilik uylarda hatto oddiy hammom yo‘q edi.

Foto: Mainichi.jp
O‘shanda ishlab chiqaruvchilar qurilmani 1970 yil uchun aql bovar qilmas funksiyalar — suvni avtomatik to‘ldirish, ultratovush to‘lqinlarini tarqatish va hatto tanani massaj qiladigan sharikchalar bilan jihozlagan.

1970 yilda bolaligida ko‘rgazmani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va bundan ta’sirlangan Yasuaki Aoyama loyihani qayta yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan. Endilikda, vannalar va dush tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar tufayli kompaniya uning orzusini ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Mainichi.jp
Mirai Ningen Sentakuki (“Insonlar uchun kelajak kir yuvish mashinasi”) deb nomlangan uskuna Osaka sog‘liqni saqlash paviloniga o‘rnatiladi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar uni sinovdan o‘tkazishlari mumkin. Yaqin kelajakda mazkur mashinadan uy sharoitida foydalanish uchun ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ko‘rgazma davomida tashrif buyuruvchilar kuniga 7-8 marta “kir mashinasi”dan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Jami mingta seans bo‘lishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi