Foto: Kateryna Kon/Science Photo Library
Ko‘pchilik dorilar infeksiyalarga qarshi kurashda o‘z samaradorligini yo‘qotmoqda, yangi antibiotiklar esa juda sekin ishlab chiqiladi. Biroq olimlar bu muammoni hal qilish yo‘lida muhim qadam qo‘ydi. Ular modifikatsiyalangan darobaktin asosida yaratilgan eksperimental dori vositasini taqdim etdi. Darobaktin — bakteriyalar o‘z raqobatchilariga qarshi kurashish uchun ishlab chiqaradigan modda.
2024 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) antibiotiklarga chidamlilikni rivojlantirishga qodir bakterial patogenlar ro‘yxatini yangiladi. Ular orasida, Acinetobacter baumannii, Pseudomonas aeruginosa va E. coli bor. Ushbu bakteriyalar ko‘pincha peritonit, siydik yo‘llari infeksiyasi va pnevmoniya kabi murakkab va davolash qiyin bo‘lgan infeksiyalarni keltirib chiqaradi.
Mazkur patogenlar bilan kurashish qobiliyatiga ega yangi antibiotiklar juda kerak, biroq ularni izlab topish murakkab vazifa hisoblanadi. Potensial nomzodlardan biri darobaktin bo‘lib, u tabiiy antibiotik sanaladi. Darobaktin bakterial hujayra oqsillariga bog‘lanib, uning hayotiy faoliyatini buzadi va bakteriyani nobud qiladi.
Rolf Myuller va Jennifer Herrmann rahbarligidagi mutaxassislar guruhi bir qator tadqiqotlar o‘tkazdi. Bu tadqiqotlar natijasida genetik modifikatsiyalangan darobaktin (D22 deb nomlanadi) laboratoriya sharoitida va hayvonlar ustida olib borilgan tajribalarda chidamli mikroorganizmlar o‘sishini to‘xtatish qobiliyatiga ega ekani isbotlandi.
Birinchi bosqichda olimlar Acinetobacter baumannii bilan zararlangan zebra baliqlarining embrionlarida D22 preparatining samaradorligini laboratoriya sharoitida tekshirdi. Natijalar ko‘rsatishicha, dori infeksiyani muvaffaqiyatli yo‘q qiladi va murakkab bakterial infeksiyalarni davolashda keng qo‘llanadigan siprofloksatsin kabi samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Keyingi bosqich preparatni Pseudomonas aeruginosa va E. coli bilan zararlangan sichqonlarda sinab ko‘rish bo‘ldi. Tajribalar D22 ni yuborishning eng samarali usuli in’eksiya ekani tasdiqladi, og‘iz orqali qabul qilish sezilarli darajada kamroq natija bergan.
Pseudomonas aeruginosa keltirib chiqargan infeksiyada D22 ni ko‘p marta yuborish, to‘qimalardagi bakteriyalar sonini sezilarli darajada kamaytirdi, biroq infeksiyani to‘liq bartaraf eta olmadi. E. coli qo‘zg‘atgan qorin bo‘shlig‘idagi og‘ir infeksiya holatida esa D22 ni 25 soat davomida to‘rt marta yuborish bakteriyalarni butunlay yo‘q qildi.
Xuddi shu qo‘zg‘atuvchi tufayli yuzaga keladigan siydik yo‘llarining murakkab infeksiyasini davolashda, uch kun davomida kuniga ikki marta qilingan in’eksiyalar bakteriyalar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
Natijalar modifikatsiyalangan darobaktinning chidamli patogenlarga qarshi yuqori samaradorligini tasdiqlaydi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, D22 yangi antibiotiklar yaratish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimdir. Biroq uni yakuniy baholash uchun odamlarda klinik sinovlar o‘tkazish zarur.
Bunday preparatlarning kashf etilishi bakteriyalarning chidamliligi bilan bog‘liq global muammoni bartaraf etish va antibiotiklarning samaradorligini qayta tiklashga umid beradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, xavfli infeksiyalarni samarali davolash uchun doimiy sa’y-harakatlar va sarmoya talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi