Arzon va sifatli texnika qurilmalari bilan yaxshi tanilgan Xitoyning LeEco kompaniyasi Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘zining birinchi monobrend firma do‘konini ochdi. Terabayt.uz saytining yozishicha, do‘konda ayni paytda Le 2 va Le Max 2 smartfonlari, aksessuarlar, LeMe simsiz naushniklari, televizor va Le Super Bike velosipedlari mavjud.
Biroq 15 oktyabrda bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida xaridorlar Flash aksiyasi doirasida faqatgina chegirmali smartfonlarni sotib olishlari mumkin bo‘lgan. Do‘konda LeEco Le 2 14990 rubl ($238), LeEco Le Max 2 esa 29990 ($476) narxida sotuvga qo‘yildi. Qolgan mahsulotlarning narxlari bir necha kundan keyin e’lon qilinadi.
Xitoy kompaniyasi vakillarining qayd qilishicha, yangi flagman LeEco Le Pro 3 2017 yilning boshida mazkur do‘konda sotilishni boshlaydi. Shu bilan birga, kompaniya keyingi yilning birinchi choragida Rossiyada o‘zining rasmiy onlayn kinoteatrini ochishni ham rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi