
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 10000 mA/st sig‘imiga ega Mi Power 2 nomli tashqi akkumulyatorni taqdim etdi. Gadjet bor-yo‘g‘i 12 dollar narxida sotuvga chiqariladi.
Ishlab chiqaruvchining qayd qilishicha, tashqi akkumulyator bir nechta qurilmalarni to‘liq quvvatlashga etar ekan. Tashqi tarafdan aksessuar kompaniyaning boshqa shu turdagi mahsulotlaridan katta farq qilmaydi. Mi Power 2 korpusi alyuminiydan ishlangan, o‘lchamlari ixcham, ergonomikasi qulay. Unda 4 ta micro-USB port, 4 ta svetodiod va quvvat tugmasi ko‘zda tutilgan.


Eng qizig‘i, gadjet tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda turli ta’sirlardan (elektr tokining sakrashi, qizish, yuqori kuchlanish sabab kuyib qolish, qisqa tutashuv) 9 pog‘onali maxsus himoya bilan ta’minlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar