
Tayvanning Acer kompaniyasi o‘tmishdoshiga qaraganda uzoqroq avtonom ishlash vaqtiga ega bo‘lgan 15-dyuymli Chromebook noutbukini sotuvga chiqardi. Bu borada Terabayt.uz sayti xabar qildi.
Yangi Acer Chromebook 15 modeli 1366 x 768 piksel aniqligidagi 15,6 dyuymli ekran, old qismda joylashgan stereodinamik, ikki yadroli Intel Celeron N3060 (takt chastotasi 1,6 GGs), 2 GB LPDDR3 SDRAM standartidagi tezkor xotira va 16 GB SSD bilan jihozlangan.

Modelga sig‘imi 3950 mA/st bo‘lgan batareya o‘rnatilgan. Ushbu batareyadagi quvvat yordamida 12 soatgacha qurilmani zaryadlamasdan ishlash mumkin. Bundan tashqari, xrombuk Wi-Fi (802.11ac 2×2 MIMO) va Bluetooth 4.2 interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi, unda HDMI, USB va microSD-karta uchun mo‘ljallangan slot ham ko‘zda tutilgan.

Noutbuk Shrome OS operasion tizida ishlaydi. Narxi 199 AQSh dollarini tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar