
Bugun Xitoyning Huawei kompaniyasi 8-dyuymli Full HD ekran va Qualcomm Snapdragon 616 prosessori bilan jihozlangan Honor Pad 2 planshetining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi. Bu borada Terabayt.uz sayti xabar berdi. Qurilmaga 3 GB tezkor va 16/32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Model ergonomik dizaynga ega bo‘lib, Android 6.0 Marshmallow versiyasida ishlaydi, bir nechta rang variasiyalarida sotuvga chiqariladi.
Honor Pad 2 texnik parametrlari:
- 8-dyuymli 1920x1200 piksel aniqligidagi IPS-ekran;
- Sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 616 (MSM8939) prosessori (GPU Adreno 405);
- 3 GB tezkor xotira;
- 16 yoki 32 GB doimiy xotira (microSD-karta yordamida 128 GBgacha kengaytirish mumkin);
- Android 6.0 Marshmallow (Emotion UI 4.1 interfeysida);
- 8 MPli asosiy kamera (LED-chaqnoq va f/2,0 diafragma bilan);
- 2 MPli old kamera;
- LTE (VoLTE), Wi-Fi b/g/n, Bluetooth 4.1, GPS/GLONASS;
- Batareya sig‘imi — 4 800 mA/st.

Narxlar va versiyalar:
- 3 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira, faqat Wi-Fi — $148;
- 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira, faqat Wi-Fi — $192;
- 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira, Wi-Fi+LTE — $222.
Planshet 25 oktyabrda Xitoyda sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar