Foto: TASS
Oʻzbekiston va Rossiya tadqiqotchilari jamoasi videokuzatuv kameralari ma'lumotlaridan foydalangan holda koʻchadagi zoʻravonlik harakatlarini avtomatik aniqlay oladigan neyron tarmoqni ishlab chiqdi. Bu haqda tadqiqot olib borilgan Janubiy Ural davlat universitetiga (JUDU) tayanib, “TASS” xabar berdi.
Mutaxassislarning aytishicha, koʻcha videonazorat kameralari juda katta hajmdagi ma'lumotlar oqimini uzatadi. Natijada, mavjud neyron tarmoqlariga haddan tashqari bosim yuklanadi, chunki ular asosan binolar ichidagi kameralarga moslab ishlab chiqilgan. JUDU dotsenti Veronika Denisovich tataristonlik va oʻzbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda yangi neyron tarmogʻini yaratishda koʻp ma'noli mantiqni qoʻlladi, bu esa ortiqcha yuklanish muammosini muvaffaqiyatli hal qilishga imkon berdi, deyiladi xabarda.
Ma'lumotlarga koʻra, neyron tarmogʻi koʻcha kuzatuv kameralari qayd etgan zoʻravonlik holatlarining 98 foizdan koʻprogʻini aniqlay oladi.
Ishlab chiquvchilarning ta'kidlashicha, ushbu texnologiya shaharlarda xavfsizlikni oshirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, “Aqlli shahar” tizimining tarkibiy qismiga aylanishi mumkin. JUDU mutaxassislari texnologiyani yanada samaraliroq videokuzatuv tizimlarini yaratishda qoʻllash mumkinligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Geely Galaxy: 2000 km zapasga ega 5 yangi model taqdim etildi
Xiaomi quloq tozalash uchun qurilma yaratdi
Apple oʻzboshimchalik bilan foydalanuvchi suratlarini skanerlay boshladi
Mark Tsukerberg endi Facebook va Instagramʼda faktcheking boʻlmasligini ma'lum qildi
Apple iOS 18’da sun'iy intellektning roli haqida ma'lumot beradi
iOS 18.2.1 chiqarildi: muhim xatoliklar tuzatildi!