date
views 195

Xitoylik olimlar dunyodagi eng tez yuguradigan robot itni yaratdi

Xitoylik olimlar dunyodagi eng tez yuguradigan robot itni yaratdi
Xitoyning Chjeszyan universiteti qoshidagi Humanoid robotlar innovatsiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Jingshi kompaniyasi oʻzaro hamkorlikda toʻrt oyoqli robotni ishlab chiqdi. Unga “Qora pantera” nomi berildi. Dunyodagi eng tez robot it sifatida taqdim etilgan qurilma sekundiga 10 metr yoki soatiga 36 kilometr tezlikda yugura oladi.

“Qora Pantera 2.0” versiyasi 38 kilogramm ogʻirlikka, 0,63 metr tana uzunligiga ega boʻlib, “jangga moslashgan zirh” bilan jihozlangan.

Institut tadqiqotchisi Jin Yunbin robot itning yuqori tezlikda harakatlanishiga erishish uchun Gyuygens mayatnigi nomli fizik tamoyildan foydalanganini ta'kidladi —bunda robotning toʻrtala oyogʻi harakatlari muvofiqlashtiriladi. Robotning “tizza boʻgʻimlari”ga oʻrnatilgan prujinalar harakat paytida energiya sarfini kamaytirish uchun amortizator vazifasini bajaradi.

“Qora pantera”ning “boldir mushaklari” uglerod tolali konstruktsiyalar bilan mustahkamlangan. Natijada, mushaklarning qattiqlik darajasi 135 foizga oshgan, ammo konstruktsiyaning umumiy ogʻirligi atigi 16 foizga koʻpaygan.

Robot it uchun gepard tirnoqlariga oʻxshash maxsus “krossovkalar” ishlab chiqildi, bu esa uning yoʻlga moslashishini 200 foizga yaxshilaydi.

Kelgusida olimlar robotlarda biologik mobillikka erishish yoʻllarini oʻrganishda davom etmoqchi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoylik olimlar dunyodagi eng tez yuguradigan robot itni yaratdi