date
views 188

LexAI huquqiy chat-boti yaratildi

LexAI huquqiy chat-boti yaratildi
Foto: LexAI
Adliya vazirligi bilan hamkorlikda LexAI huquqiy chat-boti yaratildi.

Mazkur loyiha davlat byudjeti ishtirokisiz, toʻliq bepul amalga oshirilgan. Bugungi kunda chat-botning birinchi funktsiyasi huquqiy masalalarga tezkor javob berish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Yaqin orada ishga tushiriladigan funktsiyalar:
  • Hujjat loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish – qonunchilik hujjatlari loyihalarini onlayn baholash imkoniyati;
  • Huquqiy amaliyotni tahlil qilish – foydalanuvchilarning bergan huquqiy keyslarini tahlil qilish orqali javob taqdim etish;
  • Hujjat loyihalarini tayyorlash – mustaqil hujjat tayyorlash konstruktori.

Hozirgi kunda Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasida 48 mingdan ortiq hujjatlar mavjud. Shuningdek, amaldagi hujjatlar soni 34 mingdan ortiq. Bundan tashqari, yaxlit hujjatlar – 28 mingdan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar nazarda tutuvchi hujjatlar 5 700 dan ziyod.

Chat-botning bilimlar bazasi 604 mln belgidan ortiq boʻlib, ushbu platformani yaratishda huquq va IT sohasidagi tajribali mutaxassislar 5 oydan ortiq vaqt davomida ishlashgan. Shu bilan birga, barcha texnologiyalar Open source manbalaridan foydalanmasdan, butunlay mustaqil ishlab chiqilgan.

Chat-bot hozirda sinov rejimida va huquqshunos-mutaxassislar tomonidan tekshirilmoqda. Tez orada barchaga ochiladi.

Ushbu loyiha Oʻzbekiston fuqarolariga huquqiy bilimlarni yanada oson va tezkor etkazib berish uchun moʻljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LexAI huquqiy chat-boti yaratildi