Xitoyning Lenovo kompaniyasi Phab 2 va Phab 2 Plus nomli yirik ekranga ega fabletlarning taqdimotini o‘tkazdi. Terabayt nashrining qayd etishicha, Har ikkala model 6,4 dyuymli ekran bilan jihozlangan, biroq Phab 2 Plus versiyasi standart versiyaga qaraganda bir muncha kuchli texnik parametrlarga ega.
Lenovo Phab 2 Plus korpusi magniy-alyuminiy qorishmasidan yaratilgan, Full HD aniqligidagi displey, 13 MPli qo‘sh kamera va 8 Mpli old kamera bilan jihozlangan. Unga takt chastotasi 1,3 GGs bo‘lgan 8 yadroli MediaTek MTK8783 prosessori, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. LTE va 2 SIM-karta ishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Lenovo Phab 2 modelining korpusi plastikdan ishlangan, HD aniqligidagi displey, 13 MPli asosiy va 5 MPli old kameraga ega. To‘rt yadroli MediaTek MTK8735 prosessorida ishlaydi. Xotira ko‘rsatkichlari Lenovo Phab 2 Plus bilan bir xil.
Ikkala smartfonga sig‘imi 4050 mA/st bo‘lgan batareya o‘rnatiladi. Phab 2 versiyasi 317 dollar, Phab 2 Plus esa 365 dollar narxida noyabr oyida Rossiyada sotuvga chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”