20:15 / 24.01.2025
8 486

Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi saytlardan foydalandi? Dekabr reytingi e'lon qilindi

Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi saytlardan foydalandi? Dekabr reytingi e'lon qilindi
2024-yil dekabr oyida Oʻzbekistonda eng koʻp tashrif buyurilgan veb-saytlar reytingi e'lon qilindi. Roʻyxatda birinchi oʻrinni Google.com egalladi, unga jami 225,89 million marta tashrif buyurilgan. Ikkinchi oʻrinda YouTube.com joylashdi, uning tashriflari 170,68 million ga etdi. Uchinchi oʻrinni esa Yandex.ru egallab, 46,63 million tashrif bilan etakchi uchlikka kirdi.

Shuningdek, toʻrtinchi oʻrinda yangi texnologiyalar platformasi ChatGPT.com joylashib, unga 42,73 million marta kirilgan. Mazkur koʻrsatkich boʻyicha 77,23% oylik oʻsish va 6,261,948,5% yillik oʻsish qayd etilgan. Bu platformaga qiziqishning keskin oshganini koʻrsatadi.

Beshinchi oʻrinda esa Instagram.com joylashgan boʻlib, unga 30,12 million tashrif amalga oshirilgan. Oʻzbekistonlik foydalanuvchilarning aksariyati mazkur saytlarga toʻgʻridan-toʻgʻri kirishni afzal koʻrgan.

Eng ommabop saytlardan yana biri — Telegram.org roʻyxatda toʻqqizinchi oʻrinda boʻlib, unga 9,1 million marta tashrif buyurilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno