23:23 / 29.01.2025
186

ChatGPT asoschisi xitoylik raqobatchisi DeepSeek’ni oʻgʻirlikda aybladi

ChatGPT asoschisi xitoylik raqobatchisi DeepSeek’ni oʻgʻirlikda aybladi
Foto: NurPhoto
Dunyoga mashhur ChatGPT til modelini yaratuvchi OpenAI dasturchi kompaniyasi vakillari yangi raqobatchisi - Xitoyning DeepSeek sun'iy intellekt kompaniyasini oʻgʻirlikda aybladi. Bu haqda Financial Times (FT) xabar berdi.

Texnik mutaxassislarga koʻra, gap modellarni tayyorlash uchun zarur vosita boʻlgan «distillash» deb ataladigan vosita haqida ketmoqda. Oddiy qilib aytganda, ilgari noma'lum va SI sohasida ishlaydigan kichik kompaniyalar kattaroq va kuchliroq neyron tarmoqlarning hosil boʻlgan bloklaridan olingan oʻzga ishlanmalardan foydalanadi. Shu sababli DeepSeek kabi modellar ChatGPT natijalariga erishish uchun kamroq resurslarni talab qiladi.

Qizigʻi shundaki, «distillash» sun'iy intellekt sohasida gʻayrioddiy yoki innovatsion narsa emas, lekin OpenAI yuridik jamoasi bunday harakatni raqobatdosh ma'lumotlar modellarini yaratishda foydalanishni taqiqlagan. FT nashrining OpenAI kompaniyasida manbasining ta'kidlashicha, hammani hayratda qoldirgan DeepSeek chatbotining yaratuvchilari bu taqiqni chetlab oʻtishga qaror qilgan.

Avvalroq, Xitoyning DeepSeek startapi yangi sun'iy intellekt modelini taqdim etishi global moliya bozorini larzaga solgan, oqibatda Nvidia, OpenAI, Microsoft va Google kabi yirik texnologik kompaniyalar aktsiyalari narxi keskin tushib ketgan edi.

2025 yil 20 yanvarda DeepSeek oʻzining DeepSeek-R1 va DeepSeek-R1-Zero kabi innovatsion modellarini taqdim etdi. Ushbu modellar 671 milliard parametrga ega boʻlib, yuqori samaradorlik koʻrsatgan. Model boshqa yirik modellar bilan solishtirganda 11 barobar kamroq hisoblash quvvatini talab qiladi. Tahlilchilarga koʻra, DeepSeek R1 barcha asosiy mezonlarda OpenAI'ning ChatGPT o1 modelini ortda qoldirgan. Bundan tashqari, u mutlaqo bepul va API bilan ishlash bir necha baravar arzon.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno