Sid Meier's Civilization 7'ning qaytishi bir qancha qiyinchiliklar bilan kechmoqda.
Premium versiya egalari uchun oʻyin oldindan chiqarilgan va oʻyinchilar orasida keskin noroziliklarga sabab boʻlgan. Koʻplab foydalanuvchilar Civilization seriyasining yangi qismidagi oʻzgarishlardan hafsalasi pir boʻlganini bildirishmoqda.
Ammo bu Firaxis Games va 2K kompaniyalari uchun yagona muammo emas. Oʻyin rasmiy relizidan bir hafta oldin allaqachon buzib tashlangan. Civilization 7 kuchli Denuvo DRM himoyasi bilan himoyalangan boʻlsa-da, bu uni xakerlardan saqlab qolmadi.
Buning sababi – Linux versiyasida DRM himoyasi mavjud emas. Shuning uchun buzilgan nusxa allaqachon internetda tarqalib ketgan.
Sid Meier's Civilization 7'ning toʻliq chiqarilishi 2025 yil 11 fevralga belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar