Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi sentyabr oyida navbatdagi flagmani LG V20 modelini taqdim etgandi. Model Android 7.0 versiyasida ishlab chiqarilgan dunyodagi ilk gadjet bo‘ldi, u kuchli texnik parametrlar va ilg‘or qo‘sh kamera bilan ta’minlandi.
Biroq smartfonning sotuvlari boshlangach, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, foydalanuvchilar asosiy kamera modulining juda tez sinib ketayotganligi, zarbalarga chidamsizligidan shikoyat qilishdi.
Terabayt.uz saytining yozishicha, kamera shishalari kuchsiz jismoniy bosimsiz yoki chaqnoqning uzoq yonishidan chatnaganligi borasida turli mijozlar xabar qilishgan. Biroq ushbu sabablarning aniqligi shubha ostidi. Chunki kamera chaqnog‘i o‘zidan yuqori harorat chiqarmaydi. Nima bo‘lganda ham, model kamerasida biror defekt mavjud bo‘lsa kerak. Soha bloggerlari ham smartfonni xarid qilgach, kamerani maxsus qoplam bilan qoplashni maslahat berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”