12:10 / 03.11.2016
6 697

«O‘zbektelekom» provayderlar uchun internet xizmatlari tariflarini tushirdi

«O‘zbektelekom» provayderlar uchun internet xizmatlari tariflarini tushirdi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2016-yil 28-oktyabr kunidan O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s. uchun (tashqi kanalda) $103,03 ga tushirilganini ma’lum qildi.

Bu yil tariflar o‘n bir marta tushirildi. Tariflar 1 Mbit/s. uchun 13-yanvardan $156,24 gacha, 1-fevraldan 1Mbit/s. uchun $141,94 gacha, 17-fevraldan 1Mbit/s. uchun $136,34 gacha, 1- martdan 1 Mbit/s. uchun $133,62 gacha, 2-martdan1 Mbit/s. uchun $115,26 gacha, 27-apreldan 1 Mbit/s. uchun $112,91 gacha, 25-iyuldan1 Mbit/s. uchun $111,21 gacha, 19-avgustdan1 Mbit/s. uchun $108,31 gacha, 22-avgustdan 1 Mbit/s. uchun $107,03 gacha, 19 sentyabrdan 1 Mbit/s. uchun $105,77 gacha va 28- oktyabrdan 1 Mbit/s. uchun $103,03 gacha tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda tariflar o‘n etti marta tushirilgandi. 2015-yil 1 Mbit/s. uchun yanvar oyida $259,29 dan, dekabr oyidan $157,60 gacha tushirilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «O‘zbektelekom» provayderlar uchun internet xizmatlari tariflarini tushirdi