
AQSh fond birjasi savdolari yakunida Facebook ijtimoiy tarmog‘i aksiyalari narxi 7,85 foizga arzonlashib, har bir aksiyasi narxi 117,19 dollargacha tushdi. Bu haqda Terabayt.uz sayti yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, aksiyalar narxining tushishiga kompaniyaning reklamadan ko‘radigan daromadlari sekinlashgani haqidagi xabarlar va kompaniya hisobotining e’lon qilinishi sabab bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoq moliyaviy direktori Devid Venerning bayonot berishicha, reklamadan tushadigan daromad pasayishi reklama hajmining kamaygani bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, kompaniya kelasi yilda katta miqdorda investisiyalarni amalga oshirishni rejalashtirayapti. Bu esa, xarajatlar oshishini anglatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar