22:53 / 10.02.2025
56

Microsoft Windows 11 uchun “oʻyin” yangilanishini tikladi

Microsoft Windows 11 uchun “oʻyin” yangilanishini tikladi
Microsoft kompaniyasi Windows 11 da oʻyinlarga ta'sir qilgan xatolarni tasdiqlaganidan ikki hafta oʻtmay, tasvir va ovoz muammolarini bartaraf etuvchi yangilanishni chiqardi. Endi foydalanuvchilar operatsion tizimni BSOD (oʻlim ekrani) va boshqa muammolardan qoʻrqmasdan yangilashlari mumkin.

Muammo nimada edi?
- Auto HDR funktsiyasining yoqilishi ba'zi kompyuterlarda muzlash yoki notoʻgʻri rang uzatilishi muammolariga sabab boʻlgan.
- Ayrim oʻyinlar javob berishdan toʻxtagan yoki umuman ishlamay qolgan.

Yechim:
- KB5050094 yangilanishi bu muammolarni hal qiladi.
- Windows 11 Home va Pro 22H2/23H2 versiyalari foydalanuvchilari bu 24H2 versiyasiga yangilashlari mumkin.
- Yangilash qoʻlda amalga oshiriladi – u ixtiyoriy yangilanishlar menyusi orqali yoki Microsoft’ning rasmiy saytidan yuklab olinishi mumkin.

Microsoft ilgari ba'zi qurilmalarda quloqchin va veb-kameralar bilan bogʻliq muammolarni ham hal qilganini ma'lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno