23:16 / 10.02.2025
64

RTX 5090 FE quvvat portining erib ketishi aniqlandi

RTX 5090 FE quvvat portining erib ketishi aniqlandi
Nvidia RTX 5090 Founders Edition (FE) videokartasining quvvat porti kuyib ketgan ilk holat qayd etildi. Reddit foydalanuvchilaridan biri Battlefield 5 oʻynayotgan paytda yonish hidini sezganini va bu muammo quvvat porti hamda kabelga ta'sir qilganini ma'lum qildi.

Ma'lum boʻlishicha, videokarta Asus quvvat bloki (BP) orqali ulanib, lekin standart kabel oʻrniga uchinchi tomon ishlab chiqaruvchining kabeli ishlatilgan. Taxminlarga koʻra, kabel katta yuklamaga bardosh berolmagan. Foydalanuvchi ushbu kabelni avvalgi RTX 4090 bilan ikki yildan ortiq vaqt davomida ishlatganini va muammo boʻlmaganini aytgan. Shuningdek, u konnektorni toʻgʻri joylashtirganini ham ta'kidlagan.

RTX 4090 ham avval quvvat porti muammolari bilan tanilgan edi. Biroq Nvidia muammoni hal qilish uchun eski 16-kontaktli 12VHPWR dizaynidan voz kechib, uni yanada ishonchliroq 12V-2x6 standartiga almashtirdi. Yangi RTX 5090 kartalarida aynan shu tizim ishlatilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno