Caihong 5 nomli uchuvchisiz apparat bugun, ya’ni 2 noyabr kuni namoyish etildi. Apparat Xitoyning Chjuxay shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro aviasion-aerokosmik ko‘rgazma doirasida taqdim etildi. Dronlar orasida faoliyat radiusi eng kattasi shu hisoblanadi.
Osmon osti mamlakatining ulkan dronini China Aerospace Science and Technology Corporation shirkati ishlab chiqargan. Dronning qanotlari 21 metrligi kishini hayratga soladi. Caihong 5 havoda (10 km balandlikda) 60 soatgacha ishlashi mumkin. Apparatga 24tagacha raketa joylashadi.
Aytib o‘tish kerakki, 1999 yildan beri China Aerospace Science and Technology Corporation Xitoy armiyasiga harbiy aslahalar tayyorlab beruvchi asosiy kompaniyadir. Kompaniya mutaxassislari kosmik apparatlar, raketa tashuvchilar, strategik va taktik raketa tizimlari va erdagi qurilmalar yasash ustida ishlaydi. Bundan tashqari CASC mashinasozlik, kimyoviy sanoat, aloqa, transport jihozlari, kompyuterlar, atrof-muhit muhofazasi anjomlari tayyorlash ishlari bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi