
Xitoy parlamenti kiberxavfsizlikka doir yangi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar qilmoqda Kun.uz sayti.
Ta’kidlanishicha, hujjat Butunxitoy xalq vakillari doimiy qo‘mitasining sessiyasida muhokama etilgan. Sinxua agentligiga ko‘ra, bu qonun huquq-tartibot idoralariga Xitoy axborot infratuzilmalarida qo‘poruvchilik qilishda gumon qilingan xorijiy shaxs va tashkilotlarning hisob raqamlarini muzlatib qo‘yishga imkon beradi.
Bundan tashqari, qonun Xitoyning mahalliy IT-sohasini himoya qilishga qaratilgan. G‘arb OAV fikricha, bu hujjat, o‘z navbatida, xitoyliklarning xorij mahsulotlarini xarid qilish xohishini yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Oktyabr oyi boshlarida XXR raisi Si Szinpin Xitoyning o‘z internet tizimlarini barpo etishni tezlatish zarurligi haqida gapirgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar