11:07 / 20.02.2025
1 055

Apple hamyonbop iPhone 16e modelini taqdim etdi (foto)

Apple hamyonbop iPhone 16e modelini taqdim etdi (foto)
Apple kompaniyasi 599 dollardan boshlanadigan hamyonbop iPhone 16e modelini taqdim etdi. U bugungi kunda iPhone 16 lineykasidagi soʻnggi smartfon hisoblanib, “arzonroq narxda kuchli imkoniyatlarni” taklif qiladi, deb yozadi Daryo nashri.

Foto: Apple
Taxminlarga koʻra, yangi model iPhone SE’ning avvalgi arzon versiyasi oʻrnini egallaydi. Apple qurilmani modernizatsiya qilib, “uy” tugmasini olib tashladi va Face ID’li kattaroq ekranni qoʻshdi. Yangi model iPhone 16 va iPhone 16 Plus kabi A18 chipiga ega. Qurilma, shuningdek, Apple Intelligence sun'iy intellekt tizimini qoʻllab-quvvatlaydi. Orqa panelda bitta kamera joylashgan.

Foto: Apple
Yangi iPhone 16e soʻnggi premium modellar kabi sozlanadigan Action tugmasini, shuningdek, oflayn rejimda SMS yuborish va favqulodda xizmatlarga kirish uchun sun'iy yoʻldosh tarmoqlariga ulanish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.

Kompaniya yangi gadjetning batareya quvvati bir kunga etishiga ishontirdi. U iPhone 11’ga qaraganda olti soatgacha va barcha avlod iPhone SE’lariga qaraganda 12 soatgacha uzoqroq ishlaydi, deya ta'kidladi Apple.

Yangi qurilma 128, 256 va 512 gigabaytli, shuningdek, oq va qora rangli versiyalarda taqdim etiladi. Bu Apple’ga qurilmani Evropa ittifoqida sotish imkoniyatini beradi — mintaqadagi gadjet ishlab chiqaruvchilardan aynan shunday portdan foydalanish talab etiladi. Oldingi iPhone SE modelida esa Lightning ulagichi mavjud edi, yangisi Type-C’ni qoʻllab-quvvatlaydi.

Foto: Apple
iPhone 16e modelida iPhone 16 lineykasidagi foydalanuvchilarga manzur xususiyatlar: uzoq vaqt avtonom ishlash, eng soʻnggi avlod A18 chipi asosidagi yuqori samaradorlik, “ikkisi birda” innovatsion kamera tizimi va Apple Intelligence bor, deya ta'kidladi Apple kompaniyasining iPhone marketing boʻyicha vitse-prezidenti Kayann Drans.

Foto: Apple
Yangilanish doirasida iPhone SE va iPhone 14 modellarining ishlab chiqarilishi toʻxtatildi.

Foto: Apple

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno