23:53 / 07.11.2016
7 933

O‘zbekistonda navbatdagi virtual qabulxona ishga tushdi

O‘zbekistonda navbatdagi virtual qabulxona ishga tushdi

Endilikda sizda xususiylashtirish yoki davlat ob’ektlarini ijaraga olish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, birja, rieltorlik faoliyati yoki boshqa masalalar yuzasidan murojaat va shikoyatingiz bo‘lsa, “Online.gkk.uz” yoki “Onlineqabul.gkk.uz” saytlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Bugun, 7 noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘zining virtual qabulxonasini ishga tushirdi. Bu haqda Qalampir.uz sayti ma’lum qildi.

Virtual qabulxonaga kelib tushgan barcha murojaat va shikoyatlar muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. Shu sayt orqali murojaatlarning natijasini ham bilib olish mumkin.

Fuqarolarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 239-21-37 raqamli “Ishonch telefoni” orqali ham qabul qilinadi.

Xozirgacha iste’molchilar orasida Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrebitel.uz” guruhi ancha ommalashgandi. Endilikda turli vaziyatlar bilan murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar Virtual qabulxona orqali muammolariga echim topsalar, ajab emas. Ko‘ramiz, qabulxona fuqarolar manfaatlarini himoya qilishni qanchalik uddalarkin..

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda navbatdagi virtual qabulxona ishga tushdi