
Sun'iy intellekt hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Microsoft korporatsiyasi ushbu yoʻnalishda yana bir ulkan qadam tashlab, OmniParser V2 sun'iy intellekt agentini taqdim etdi.
Bu yangi texnologiya ekrandagi ma'lumotlarni avtomatik tahlil qilish va turli vazifalarni soddalashtirish imkoniyatini beradi.
OmniParser V2 – bu nima?
- Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan bepul va ochiq kodli sun'iy intellekt agenti.
- Har qanday ekrandagi ma'lumotni tahlil qilib, tezkor echim taklif qiladi.
- Muhim vazifalarni avtomatik bajaradi, vaqtni tejaydi.
Avvallari bunday texnologiyalar ilmiy fantastikada tasvirlangan boʻlsa, endi esa hayotimizga real ravishda tatbiq etilmoqda. Endilikda AI yordamida qahva buyurtma qilish yoki murakkab hisobot tayyorlash mumkin!
Microsoft – "yovuz korporatsiya"dan texnologik etakchiga
Bir paytlar koʻpchilik Microsoft'ni monopolist va "yovuz korporatsiya" sifatida tilga olardi. Ammo bugungi kunda kompaniya sun'iy intellekt yoʻnalishida etakchiga aylanib, innovatsiyalar orqali dunyoga yangi imkoniyatlar taqdim etmoqda.
Microsoft'ning OmniParser V2'si nafaqat oddiy foydalanuvchilar uchun, balki biznes va texnologiya sohalari uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.
Siz bu texnologiya haqida nima deb oʻylaysiz? OmniParser V2 hayotingizni yengillashtirishi mumkinmi? “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar