11:44 / 04.03.2025
66

General Motors sun’iy intellektga sarmoya kiritmoqda

General Motors sun’iy intellektga sarmoya kiritmoqda
General Motors (GM) kompaniyasi sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini faol joriy etishni rejalashtirmoqda. AI elektr avtomobillarini ishlab chiqarish, yuk tashish jarayonlari, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda foydalaniladi.

Bu maqsadda GM 49 yoshli Barak Turovskiyni ishga oldi. U ilgari Cisco kompaniyasida AI bo‘limiga rahbarlik qilgan, shuningdek, Googleda texnologiya bo‘limini boshqargan.

GM’ning yuqori lavozimli vakili Deyv Richardson AI elektr va ichki yonuv dvigatelli avtomobillar, shuningdek, avtonom transport tizimlari kelajagida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turovskiyning tajribasi AI texnologiyalarini GM mahsulotlariga joriy qilishni tezlashtiradi.

Bugungi kunda GM AI texnologiyalaridan quyidagi sohalarda foydalanmoqda:
- Elektr avtomobillar uchun quvvatlash stansiyalarining eng qulay joylarini aniqlash
- Dilerlar uchun avtomobil buyurtmalarini yaxshilash
- Ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish

Turovskiy GM dasturiy ta’minot va xizmatlar bo‘limiga qo‘shiladi va kompaniyaning AI strategiyasini ilgari surishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno