23:26 / 05.03.2025
52

Google Maps yangi avtomobil ikonkalari qo‘shdi!

Google Maps yangi avtomobil ikonkalari qo‘shdi!
Google Maps Waze'dagi funksiyalarni o‘zlashtirishda davom etmoqda. Endilikda foydalanuvchilar xaritada standart ko‘k avtomobil belgisini o‘zgartirishlari mumkin. Ular sport avtomobili, pikap, yo‘ltanlamas yoki sedan kabi sakkiz xil transport vositasidan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu yangilik sayohatlarni nafaqat informativ, balki vizual jihatdan ham qiziqarli qiladi.

Yangi ikonka tanlash uchun iOS va Android foydalanuvchilari marshrut menyusini ochib, ekranni yuqoriga surishlari kerak. Bu yerda "Avtomobil ikonasi" bo‘limida nafaqat avtomobil modeli, balki uning rangi ham tanlanadi. Foydalanuvchilar qora, osmon kabi ko‘k, yorqin sariq, qizg‘ish-magenta va boshqa ranglarni tanlashlari mumkin.

Bu funksiya Google Maps’ni Waze’ga yanada yaqinlashtiradi, chunki Waze foydalanuvchilari allaqachon avtomobil ikonalarini sozlash imkoniga ega. Yangilanish allaqachon ilovaning so‘nggi versiyasida mavjud bo‘lib, uni App Store yoki Google Play orqali yuklab olish mumkin.

Google Maps va Waze turli vazifalarni bajaradi: birinchisi keng qamrovli navigatsiya va joylar bo‘yicha tavsiyalar beradi, ikkinchisi esa haydash jarayonining qulayligiga urg‘u beradi. Biroq, Waze funksiyalarining asta-sekin Google Maps’ga qo‘shilishi uni haydovchilar uchun yanada foydali qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno