
Xiaomi yangi HyperOS 2 yangilanishi bilan birga HyperAI sun’iy intellekt tizimini taqdim etdi. Ushbu yangilanish Xiaomi qurilmalarini yanada aqlli va samarali qiladi, foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydi va ishlash tezligini oshiradi.
HyperAI’ning asosiy funksiyalaridan biri AI Interpreter, u real vaqt rejimida nutqni turli tillarga tarjima qiladi, bu esa sayohatchilar uchun juda qulay. Shuningdek, Circle to Search funksiyasi joriy etilgan bo‘lib, u ekrandagi istalgan matn yoki ob’ektni tanlab, tezkor qidiruvni amalga oshirish imkonini beradi.
Yana bir muhim yangiliklar qatoriga Real-Time Transcription & Machine Translation va Speaker Recognition funksiyalari kiradi. Ular turli tillarda subtitrlar yaratish va audio yozuvlardagi ovozlarni aniqlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, HyperAI matnlarni qisqartirish, xatolar va yozishmalardagi kamchiliklarni tuzatish, fotosuratlarni tahrirlash hamda statik tasvirlarni animatsiyalangan fon rasmlari yoki qisqa videolarga aylantirish kabi imkoniyatlarni ham taqdim etadi.
HyperOS 2 va HyperAI yangilanishi Xiaomi 15, Xiaomi Pad 7/Pro, Xiaomi 14, Xiaomi MIX FLIP, Redmi Note 14 Pro+ 5G va Xiaomi Pad 6S Pro qurilmalari uchun taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar