01:01 / 17.03.2025
20

Apple yangi Studio Display modellari ustida ishlamoqda

Apple yangi Studio Display modellari ustida ishlamoqda
Apple kompaniyasi yangi monitorlar ustida ish olib borayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, deb Pepelac.news xabar berdi. Bloomberg nashri jurnalisti va mashhur insayder Mark Gurmanga ko‘ra, kompaniya Studio Display displeyining yangi avlodi, shuningdek, yangi o‘lcham va xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi monitor modelini ishlab chiqmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple o‘zining Studio Display monitorini yangilash bilan chekalanmay, kod nomi J527 bo‘lgan yangi displey ustida ham ish olib bormoqda. Bu model avvalgi displeydan farqli o‘lcham yoki funksiyalarga ega bo‘lishi mumkin.

Gurmanning fikriga ko‘ra, bu ikki model alohida mahsulotlar emas, balki ikkinchi avlod Studio Display uchun turli prototiplar bo‘lishi ehtimoli bor. Apple bundan avvalgi Studio Display’ni uch yil oldin taqdim etgan va ikkinchi avlod displeyi chiqishiga hali bir yildan ko‘proq vaqt bor.

Bundan tashqari, Pro Display XDR displeyi taqdim etilganiga ham olti yil bo‘lgani sababli, Apple uning yangilangan versiyasi ustida ham ish olib borishi mumkin. Bu ma’lumotlar J527 displeyining aslida Studio Display Pro yoki Pro Display XDR 2 bo‘lishi ehtimolini ham oshiradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno