02:07 / 21.03.2025
90

Apple o‘z ekotizimini boshqa brendlarga ochadi

Apple o‘z ekotizimini boshqa brendlarga ochadi
Yevropa Ittifoqining yangi talablariga ko‘ra, Apple qurilmalari kelajakda Samsung mahsulotlari bilan yaxshiroq integratsiya qilinadi, deb Pepelac News xabar berdi. YeI Apple’dan AirPlay, AirDrop va NFC tizimlariga boshqa brendlar, jumladan, Samsung qurilmalari uchun ham kirish imkoniyatini ochishni talab qilmoqda.

Apple ekotizimi uzoq yillar davomida yopiq bo‘lib, faqat o‘z qurilmalarida ishlagan. Ammo YeI yangi qoidalar asosida Apple’ni boshqa brendlar bilan integratsiya qilishga majburlamoqda. Bu nafaqat AirDrop va NFC’ni, balki fonoviy ishlash, xabarlar tizimi va Wi-Fi ma’lumotlariga kirish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.

YeI talablariga ko‘ra, Apple 2026 yilgacha ushbu integratsiyani to‘liq amalga oshirishi kerak. Bu, ayniqsa, Yevropa bozorida Apple va Samsung qurilmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishi mumkin.

Apple esa bunday o‘zgarishlar innovatsiyalarni sekinlashtirishi, xavfsizlik va maxfiylikka tahdid solishi mumkinligini ta’kidladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno