
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi golografik texnologiyalar bilan kuchaytirilgan televizorlarning navbatdagi seriyasini patentladi. 3D texnologiyalarga ega bo‘lgan Samsung televizorlariga jahon bozorida kuchli talab kuzatilmadi. O‘tmishdoshlaridan farqli tarzda yangi golografik televizorlarga 3D kontentni namoyish qilish uchun qo‘shimcha aksessuarlarga zarurat bo‘lmaydi.
Terabayt.uz saytining yozishicha, majmua lazer nur manbai, boshqaruv bloki, fazoviy nur modulyatori, shuningdek foydalanuvchini kuzatish blokini o‘z ichiga oladi. Modullarning so‘nggisi golografik tasvirni optimallashtirish maqsadida ko‘zlarning joylashuvini aniqlashga mo‘ljallangan.

Patent buyurtmasi joriy yilning yanvarida berilgan, biroq hujjat endigina chop etilgan. Taklif qilingan tizimning amalga oshish muddatlari haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar