05:54 / 25.03.2025
1 661

Fransiyalik ayol sun’iy intellekt yordamida o‘zining saratonga chalinganini aniqladi

Fransiyalik ayol sun’iy intellekt yordamida o‘zining saratonga chalinganini aniqladi
Fransiyalik ayol ChatGPT yordamida o‘zining qon saratoniga chalinganini aniqladi, deb xabar beradi Bild.

Qayd etilishicha, Marli Garnrayter ismli ayol otasining vafotidan keyin doimiy terlash, qichima va holsizlikdan aziyat chekkan. Avvaliga u buni boshdan kechirayotgan qayg‘u va tashvishi bilan bog‘lagan. Ammo vaqt o‘tishi bilan kasallik belgilari yo‘qolmagani, aksincha, u vazn yo‘qota boshlagani uchun nimadir noto‘g‘ri qilayotganiga shubha paydo bo‘lgan. Ayol o‘z simptomlarini ChatGPT'ga kiritgan va sun’iy intellekt unga qon saratoni tashxisini qo‘ygan.

«Men bunga shubha bilan qaradim va e’tibor bermadim. Bu haqiqat bo‘lishi mumkin emas deb o‘yladim», — deydi ayol.

Keyinchalik kasallikning yangi belgilari – doimiy charchoq va ko‘kragida bosim hissi paydo bo‘lgan. Marli nihoyat shifokorga murojaat qilganida, uning chap o‘pkasida shubhali o‘sma aniqlangan. Tashxis: Xojkin limfomasi – qon saratonining bir turi.

«Men butunlay sarosimaga tushib qoldim. Bu haqiqatan ham saraton bo‘lishi mumkin deb hech o‘ylamagandim», — deya hikoya qiladi Marli.

Hozirda u kimyoterapiya kursidan o‘tmoqda. Marlining hikoyasi har qanday kasallik alomatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik muhimligini yana bir bor isbotlaydi.

«Agar organizmingiz sizga nimanidir aytmoqchi bo‘lsa, unga quloq soling», — deya maslahat beradi u.

Ayol har qanday kasallikning dastlabki bosqichlaridanoq tibbiyot xodimlariga murojaat qilishga chaqiradi.

Avvalroq londonlik olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etgandi. Bunda bemorlarning raqamli «egizaklari» yaratiladi va muolaja avval ularda sinab ko‘riladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno