17:15 / 29.03.2025
72

Android Auto’da to‘liq o‘yinlar paydo bo‘ldi

Android Auto’da to‘liq o‘yinlar paydo bo‘ldi
Android Auto’da to‘liq o‘yinlar paydo bo‘ldi, deb Pepelac.news xabar berdi. Google Android Auto’ning so‘nggi 14.1 beta-versiyasida avtomobil ekranida o‘yin o‘ynash imkoniyati sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu imkoniyat hozircha beta dastur ishtirokchilari uchun mavjud bo‘lib, tez orada barcha foydalanuvchilarga taqdim etilishi kutilmoqda.

Avval Android Auto’da GameSnacks to‘plamidagi oddiy o‘yinlar mavjud edi va ular uchun alohida ilova o‘rnatish talab qilinmasdi. Endilikda esa foydalanuvchilar telefonlariga o‘yinlarni o‘rnatib, to‘liq versiyalarni o‘ynay olishadi.

Hozircha Candy Crush, Angry Birds va Beach Buggy Racing o‘yinlari ishlamoqda. Ba’zi foydalanuvchilar Farm Heroes Saga ham ochilayotganini aytmoqda, bu esa Google turli sarlavhalarni sinovdan o‘tkazayotganini ko‘rsatadi.

Biroq Android Auto’dagi o‘yinlar sekin ishlamoqda, sensor ekranning javob tezligi past va ba’zida umuman ishlamaydi. Sensorli ekranli avtomobilga ega bo‘lmaganlar esa bu funksiyadan foydalana olishmaydi.

Google o‘yinlarni avtomobil tizimi uchun moslashtirmagan. Masalan, Beach Buggy Racing o‘yinida boshqaruv telefonni qiyshatish orqali amalga oshadi, bu esa avtomobil ekrani uchun qulay emas.

Hozirda o‘yinlar to‘liq ishlamayapti — Angry Birds ochilmaydi. Android Auto 14.1 versiyasi keyingi haftada chiqarilishi kutilmoqda, lekin unda o‘yinlar funksiyasi qoladimi — hozircha noma’lum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno