13:11 / 19.11.2016
7 276

Huawei va Yaponiyaning NTT Docomo operatori 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazmoqda

Huawei va Yaponiyaning NTT Docomo operatori 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazmoqda

Kundan-kunga o‘ta tezkor axborot uzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan 5G tarmog‘i to‘g‘risidan yangi ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Terabayt.uz yozishicha, ayni paytda Huawei va Yaponiyaning NTT Docomo operatori 5G tarmog‘ini deyarli real sharoitda sinovdan o‘tkazmoqda ekan. Shunga o‘xshash avvalgi sinovlarning deyarli hammasi laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan edi.

Laboratoriya testlari 5G tarmoqni real sharoitlarda sinash imkoniyatini bermaydi, ular faqat muayyan konfigurasiyalarni aniqlashga yordam beradi, xolos. Aynan shu sababli ikkali gigant yangi standartdagi tarmoqni real holatda sinashga bel bog‘ladi.

Sinov 4,5 GGs diapazonda ishlaydigan o‘tkazish qobiliyati 200 mGS bo‘lgan uyali stansiya yordamida bajarilgan. Ma’lumot uzatishning umumiy tezligi 11,29 Gbit/soniyani tashkil qilgan. Testlar Yaponiyaning Yokogama shahrida o‘tkazilgan.

5G tarmoq sinovi muvaffaqiyatli amalga oshgan. Yaponiya operatori uni 2020 yilda yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei va Yaponiyaning NTT Docomo operatori 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazmoqda