
Pepelac.news xabariga ko‘ra, Xitoydagi Sharqiy Xitoy universiteti olimi Jin Jin boshchiligidagi jamoa miya signallari orqali to‘rt oyoqli robotni boshqarishga imkon beruvchi yangi texnologiyani ishlab chiqdi.
Texnologiya “miya-mashina gibrid interfeysi” deb nomlanadi. Yaqin masofali harakatlar uchun kengaytirilgan reallik, uzoq masofa uchun esa aralash reallik vositalari qo‘llaniladi.
Bu tizim tibbiyotda nogironlarga robotik protezlar orqali yordam berishi, sanoatda esa xavfli zonalarda masofaviy robot boshqaruvini ta’minlashi mumkin.
Texnologiya miyaning imkoniyatlaridan foydalanib, robototexnikani kundalik hayotga yaqinlashtirishda katta o‘rin egallaydi.