date
views 40

Pavel Durov shaxsiy yozishmalarni himoya qilishni va’da qildi

Pavel Durov shaxsiy yozishmalarni himoya qilishni va’da qildi
Telegram asoschisi Pavel Durov keskin bayonot bilan chiqdi: agar Telegram foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalariga kirish imkonini taqdim etishga majbur qilinsa, kompaniya bozorni tark etishni afzal ko‘radi, deb UPL.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, Telegram Yevropa qonunchiligiga muvofiq faqat sud qarori asosida jinoyatda gumon qilingan shaxslarning IP-manzili va telefon raqamini taqdim etadi. Ammo, 12 yillik faoliyat davomida Telegram hech qachon foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalarini oshkor qilmagan.

Durov 2024 yil avgust oyida Fransiyada ushlanganini eslatib o‘tdi. Hozirda bu mamlakatda shifrlangan messenjerlarga "bekdor" o‘rnatishni majbur qiluvchi qonun muhokamada. Unga ko‘ra, texnik jihatdan bunday kirish huquqi faqat huquq-tartibot organlarida qolishiga hech qanday kafolat yo‘q.

Bunday zaifliklar xakerlar va yot davlat agentlari tomonidan ham ishlatilishi mumkin. Bu esa Telegram foydalanuvchilarining maxfiyligini xavf ostiga qo‘yadi. Durovning aytishicha, shifrlash jinoyatchilarni emas, balki oddiy odamlarni himoya qilish uchun joriy etilgan. Bu himoyani yo‘qotish esa katta fojia bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Pavel Durov shaxsiy yozishmalarni himoya qilishni va’da qildi