Odnoklassniki yangi ko‘rinishdagi guruhlarni — mahfiy guruhlarni ishga tushirdi. Yopiq guruhlardan farqli o‘laroq mahfiy guruhlar boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi, ularni ichki qidiruv tizimi orqali topish yoki do‘stlarning guruhlar ro‘yxatida ko‘rish mumkin emas. Mahfiy guruhga kirishning birgina usuli bor — guruh ma’muriyati yoki moderatori tomonidan taklif orqali kirish mumkin. Guruh a’zolarigina guruhning nomini va rasmini yoki undagi ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. Guruhga a’zo bo‘lmagan foydalanuvchi havola orqali unga kirmoqchi bo‘lsa “Odnoklassnikida bunday sahifa mavjud emas” degan yozuv chiqadi.
Guruhni mahfiy qilish uchun “Oshkoralik” sozlanmasida “Mahfiy guruh” sozlanmasini tanlash kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari OK guruhlar uchun yosh chekloviga ega bo‘lgan kontent uchun “18+” sozlanmasini kiritdi. “Oshkoralik” sozlanmasida “18 yosh va undan katta” bandini kiritdi. Ushbu sozlanmani qo‘llanilishi profilidagi yoshi kichik bo‘lgan foydalanuvchilar ushbu guruh kontentini ko‘ra olish imkoniyatini cheklaydi. Profilidagi yoshi guruh sozlanmasida ko‘rsatilgan yoshdan kichik bo‘lgan foydalanuvchilar guruhga kira olmaydilar, uni qidiruv tizimidan topa olmaydilar va uning postlarini ko‘ra olmaydilar.
“Odnoklassniki turli yoshga va qiziqishga ega auditoriya uchun ijtimoiy tizimdir. OKdan 18 yoshgacha bo‘lgan 6 milliondan ziyod insonlar foydalanadi. Biz ushbu holatga e’tibor bilan qaraymiz va ijtimoiy tizim ichidagi kontent tarqalishiga ma’suliyat bilan qaraymiz. Bunday sozlanmalar bir tarafdan guruhlarga to‘siqlarsiz rivojlanish imkoniyatini, boshqa tarafdan esa bolalarga ijtimoiy tizimdan cheklovlarsiz foydalanish imkoniyatini yaratadi.” – deb aytdi Odnoklassniki loyihasi matbuot xizmati rahbari Anastasiya Jbanova. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»