
Onlayn do‘kon Radeon RX 9060 XT videokartasi xususiyatlarini rasmiy taqdimotdan oldin e’lon qildi, deb xabar berdi Pepelac News. Gigabyte kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan RX 9060 XT videokartasi 16 GB GDDR6 xotira, 2048 stream-protsessor, 2,5-slotli sovutish tizimi va 850 Vt quvvat sarfiga ega. Qurilmada DisplayPort 2.1a va HDMI 2.1a portlari mavjud.
RX 9060 XT videokartasi DirectX 12 va OpenGL 4.6’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaga 8-kontaktli rozetka orqali elektr uzatiladi. 7680x4320 pikselgacha bo‘lgan ekranlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Modelning rasmiy taqdimoti 2025-yil 21-may kuni Computex konferensiyasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Uning 8 GB versiyasi haqida ham mish-mishlar mavjud.
Radeon RX 9060 XTGigabyte KompaniyasiVideokartasi XususiyatlariOnlayn Do‘konDirectX 12OpenGL 4.6 O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar