
Kompyuterlar uchun korpus, quvvatlash bloklari, aksessuar va periferiya gadjetlarini tayyorlaydigan AeroCool Advanced Technologies (AAT) kompaniyasi geymerlarga mo‘ljallangan o‘yin kreslosini ishlab chiqdi. Mazkur kreslo geymerlarga soatlab turli o‘yinlarni o‘ynashga imkoniyat yaratadi.

AeroCool geymerlar kresloda o‘zini maksimum darajada qulay his qilishlari uchun eng so‘nggi dizayndagi ergonomika texnologiyalari qo‘llagan. Kreslo suyanchig‘i va o‘ridig‘i uzoq o‘yin sessiyalaridan keyin ham o‘z shaklini yo‘qotmaydi. Kreslo umurtqa pog‘onasiga og‘irlik tushirmasdan o‘tirish imkonini beradi.

Terabayt.uz saytining yozishicha, kreslo kuchli po‘lat rama, 120 kilogrammga mo‘ljallangan 4 klassdagi gidroo‘tkazgich va 50 millimetrli 5 ta g‘ildirak bilan jihozlangan.
Kreslo dekabr oyida 5 xil rangda sotuvga chiqadi. Narxi hozircha noma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar