Fransiyaning Bouygues xoldingi bo‘linmasi Wattway 18 g‘ildirakli yuk mashinasining vaznini ko‘tara oluvchi quyoshli batareyalar panelini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Kun nashri. Ular yo‘l qoplamasi sifatida o‘rnatilmoqda. Besh yillik tadqiqot va laboratoriya sinovlaridan so‘ng kompaniya 100 ta ochiq sinov poligonini qurib, texnologiyani 2018 yilda tijoratga kiritmoqchi.
Wattway panellarning chidamliligi uchun bir necha turdagi plastmassadan foydalanmoqda. Elektr simlar tarmog‘i yo‘lga joylashtiriladi, konstruksiyaning yuqori qismi esa maydalangan oynadan yaratilib, bu sirg‘anishning oldini oladi.
Bir kilometrlik sinov poligoni oktyabr oyida Fransiyaning Turuvr shahrida qurila boshlandi. 2,8 ming kvadrat metr quyosh panellari 280 kilovatt-soatni yuzaga keltiradi.
Ayni damda yo‘l qoplamasining bir kvadrat metri 2-2,5 ming evroga tushmoqda. Wattway oddiy quyoshli panellarni ishlab chiquvchilar bilan raqobatlashish maqsadida 2020 yilga qadar narxlarni arzonlashtirishga harakat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»