Microsoft Paint va Notepad’ga AI funksiyalar qo‘shmoqda

Microsoft Windows 11’dagi Paint, Snipping Tool va Notepad ilovalariga generativ sun’iy intellekt (AI) asosidagi yangi funksiyalarni sinovdan o‘tkazmoqda, deb rozetked.me xabar berdi.
Yangi imkoniyatlar Windows Insiders foydalanuvchilari uchun ochilgan:
• Paint – foydalanuvchi yozgan matnga asoslanib sun’iy intellekt stiker yaratadi.
• Snipping Tool – “Perfect Screenshot” funksiyasi bilan skrinshotni avtomatik ravishda kesib beradi.
• Notepad – siz yozadigan mavzu asosida matnni o‘zi generatsiya qiladi.
Ba’zi imkoniyatlar Copilot+ PC hamda Microsoft 365 yoki Copilot Pro obunasi bilan ishlaydi. Hozircha ular faqat Canary va Dev kanalida mavjud.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing