15:26 / 26.11.2016
7 315

Google lablar harakatidan so‘zlarni anglay oladigan sun’iy intellekt yaratdi

Google lablar harakatidan so‘zlarni anglay oladigan sun’iy intellekt yaratdi

Google’ning DeepMind bo‘linmasi mutaxassislari lablar harakatiga qarab so‘zlarni anglay oladigan yangi dasturiy ta’minotni yaratdi. Bu haqda The Verge ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».

Yangi dastur Watch, Listen, Attend and Spell deb nomlandi.

Dasturiy ta’minot unga o‘xshash dasturlar orasida aniqlik darajasi eng yuqori — 46,8 foiz ekanligi bilan farqlanadi. Taqqoslash uchun mutaxassislar odamlar ishtirokida tajriba o‘tkazdi va professionallar lablar harakati bo‘yicha nutqning 12 foizini anglay olishga qodir ekanligini aniqladi.

Dastur yaratuvchilari u eshitish bilan bog‘liq muammoga ega odamlar uchun foydali bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google lablar harakatidan so‘zlarni anglay oladigan sun’iy intellekt yaratdi