
Android tizimida yangi smartfonni sozlash jarayonida boshqa smartfonni modem sifatida bir klik orqali ulash imkonini beruvchi “tezkor hotspot” funksiyasi paydo bo‘ldi, deb Rozetked xabar berdi.
Shuningdek, Android qurilmalari orasida qo‘ng‘iroqlarni uzatish (translyatsiya) imkoniyati ham mavjud. Bu funksiyalar ilgari ham mavjud edi, ammo ularni faollashtirish uchun bir nechta menyudan o‘tish kerak bo‘lardi.
Avval bu funksiya quyidagi yo‘nalishda yashiringan edi: Google ⟶ Barcha xizmatlar ⟶ Bir nechta qurilmalar uchun xizmatlar.
Endi esa bu imkoniyat yangi Android qurilmasini sozlashda avtomatik tarzda taklif qilinadi. Funksiyani ishlatish uchun har ikki qurilma bir xil Google akkaunti ostida va bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar