Ilon Mask: Marsga ilk parvozlar 2025 boshida

Ilon Mask: Marsga ilk parvozlar 2025 boshida
Mashhur tadbirkor Ilon Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Qizil sayyora — Mars bo‘yicha yangi va katta rejalarini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, kelayotgan yil boshidanoq Marsga ilk uchishlar boshlanishi kutilmoqda. Avvalo, u yerga Optimus nomli robotlar yuboriladi. Ular Marsni insonlar uchun moslashtirish maqsadida turli texnologiyalarni sinovdan o‘tkazib, dastlabki infratuzilmani yaratishi kerak bo‘ladi.

2027–2028- yillarda esa odamlar ishtirokidagi ekspeditsiyalar va doimiy bazalar qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, 2030- yilgacha yuzlab raketalarni uchirish, shahar qurilishini boshlash, 2033- yilda esa parvozlar sonini 500 taga yetkazish va resurslarni qazib olish ishlarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Ushbu ulkan rejalar insoniyatning boshqa sayyorada hayot qurishi yo‘lida muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar