date
views 56

X Bitcoin uslubida shifrlangan yangi XChat’ni ishga tushirmoqda

X Bitcoin uslubida shifrlangan yangi XChat’ni ishga tushirmoqda
Ijtimoiy tarmoq X yaqinda XChat nomli yangi messenjerini ishga tushirishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi Rozetked.me. Bu xizmat amaldagi Direct Messages (DM) o‘rnini bosadi. Hozirda ba’zi pullik foydalanuvchilar uchun XChat beta rejimda test qilinmoqda.

Elon Musk bu loyiha haqida quyidagicha bayonot berdi:

“Biz yangi XChat messenjerini ishga tushirmoqdamiz. U shifrlangan, yo‘qoladigan xabarlar, har qanday fayl yuborish, audio/video qo‘ng‘iroqlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Rust tilida yozilgan va Bitcoin uslubida shifrlangan mutlaqo yangi arxitekturaga ega.”

Yana bir muhim jihat: XChat ishlatish uchun telefon raqami talab etilmaydi.

Barcha foydalanuvchilar uchun xizmat qachon ochilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » X Bitcoin uslubida shifrlangan yangi XChat’ni ishga tushirmoqda