date
views 494

Dreyq Nokia 3310'ni brilliantli brelokka aylantirdi

Dreyq Nokia 3310'ni brilliantli brelokka aylantirdi
Kanadalik repper Dreyq zargar Aleks Moss bilan hamkorlikda Nokia 3310 telefon ko'rinishidagi brilliantli brelok yaratdi, deb Rozetked xabar berdi. Ushbu aksessuar Dreyqning 2025-yil 14-fevralda chiqarilgan "Some Sexy Songs 4 U" albomiga bag'ishlangan kolleksiyaning bir qismi hisoblanadi.

Brelok haqiqiy o'lchamda bo'lib, ishlamaydigan qurilma hisoblanadi. Uning korpusi 54,5 karatli D-F VVS toifasidagi oq brilliantlar bilan to'liq qoplangan. "Ekran"da Dreyqning "Nokia" singliga ishora qiluvchi statik tasvir joylashgan. Brelok OVO Owl logotipi bilan bezatilgan uchta "S" harfidan iborat zanjirga ulangan.

Bu kolleksiya Nokia telefonlariga bo'lgan nostalgiya va zargarlik san'atining mukammal uyg'unligini namoyon etadi. Brelokning narxi oshkor etilmagan, ammo materiallar va Mossning obro'sini hisobga olganda, uning qiymati bir necha yuz ming dollarga yetishi mumkin.

Bu Dreyqning zargarlik sohasidagi ilk loyihasi emas. 2019-yilda u Jason of Beverly Hills kompaniyasiga 400 ming dollarlik, 80 dona oq va ko'k brilliantlar bilan bezatilgan oq oltin smartfon qopqog'ini buyurtma qilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dreyq Nokia 3310'ni brilliantli brelokka aylantirdi