
YouTube o'zining eng arzon obuna rejasi — Premium Lite shartlariga o'zgarishlar kiritmoqda. 2025 yil 30 iyundan boshlab, Premium Lite obunachilari Shorts videolarida reklama ko'ra boshlaydilar, deb xabar berdi Rozetked.me.
Google kompaniyasi o'z foydalanuvchilariga yuborgan elektron maktubda shunday deyiladi:
«2025 yil 30 iyundan boshlab, reklama Shorts videolarida, musiqiy kontentda va qidirish yoki ko'rish paytida paydo bo'lishi mumkin. Ko'pchilik videolar hali ham reklamasiz qoladi».
Premium Lite rejasi 2025 yil mart oyida joriy etilgan bo'lib, uning oylik narxi 7,99 dollarni tashkil etadi. Bu reja YouTube Music xizmatini o'z ichiga olmaydi va asosan videolarni reklamasiz tomosha qilish imkonini beradi.
Shuningdek, standart YouTube Premium rejasi AQShda oyiga 13,99 dollar turadi. 30 iyundan boshlab, Shorts videolarini reklamasiz tomosha qilish faqat standart Premium obunachilari uchun mumkin bo'ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar